Janubiy Koreya Yaponiyaga javob choralarini qo‘llayapti

Olam

image

Janubiy Koreya Yaponiyani qulay eksport sharoitlaridan mahrum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti” 12 avgust kuni Koreya hukumati Yaponiya hukumatining shunga o‘xshash choralariga javoban Yaponiyani esport qilish uchun yengillashtirilgan sharoitlar berilgan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. 

Iyun oyi boshida Yaponiya Janubiy Koreyaga elektron sanoatida ishlatiladigan uchta turdagi yapon materiallarini sotib olish uchun yengillashtirilgan shartlarni berishni to‘xtatayotganini e’lon qilgandi. Rasmiy Seul buni Jahon savdo tashkiloti me’yorlarini buzish sifatida ko‘rib, qasos olishga bel bog‘ladi. 

Koreya Respublikasi Sanoat va savdo vaziri Song Yun Mo jurnalistlarga, birinchi toifadagi eksportchilar ro‘yxatida Yaponiya ikkinchi pog‘onaga tushishini aytdi. 

Janubiy Koreya hukumatining fikricha, raketa texnologiyalari, yadro materiallari, kimyoviy moddalar va ikki tomonlama mahsulotlar savdosi ustidan xalqaro eksport nazorati tamoyillariga amal qilmaydigan davlatlar bunday mahsulotlarni Janubiy Koreyaga Yaponiya uchun eksport qilishga ruxsat olish jarayoni endi ko‘proq vaqt talab etadi. 

O‘z navbatida Yaponiya 1910-1945 yillarda Yaponiyada mustamlakachilik davrida Yaponiya kompaniyalari tomonidan majburiy mehnatidan foydalanilgan koreyaliklarga kompensatsiya to‘lashga urinishlari munosabati bilan Yaponiya iyul oyi boshida Janubiy Koreyaga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishini e’lon qildi. Ushbu holat yapon rasmiylarining Janubiy Koreyaning xatti-harakatlari xalqaro huquqni buzayotganiga ishonishiga sabab bo‘ldi. 

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bir necha bor ta’kidlaganidek, 1965 yildagi kelishuv Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarning normallashtirilishi munosabati bilan Yaponiya tomonidan 300 million dollar to‘lanishi va 200 million dollar miqdorida kreditlar berilishini nazarda tutgan edi. 

Yaponiyaning fikricha, mulkni, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini qoplash to‘g‘risidagi barcha talablar nihoyat hal qilinishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing