Janubiy Koreya O‘zbekistonni koronavirus bo‘yicha “qizil” ro‘yxatdan chiqardi
Olam
−
03 fevral 2021
4200O‘zbekiston Respublikasida epidemiologik vaziyat barqarorlashgani inobatga olinib, Koreya Respublikasi tomonidan O‘zbekiston qizil hududdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, shu munosabat bilan shartnomasi mavjud hamda viza tasdiqnomalarining amal qilish muddati tugamagan fuqarolarni pandemiya davrida Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda jo‘natish tartibini kelishib olish bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mazkur davlatning tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Agentlik bugungi kunda fuqarolarni tashkiliy tarzda jo‘natishning aniq sanalari noma’lumligi sababli, shartnomasi kelgan va viza tasdiqnomalari mavjud fuqarolarning Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarni tayyorlab qo‘yishlarini tavsiya qilgan. Sudlanmaganlik to‘g‘risidagi va tibbiy ma’lumotnomalarning amal qilish muddati berilgan kundan boshlab 3 oy ekanini eslatib o‘tgan.
LiveBarchasi