Janubiy Koreya shimoliy chegarada parvozni taqiqlamoqchi
Olam
−
18 fevral 573 1 daqiqa
Janubiy Koreya hukumati 2018 yilda imzolangan, lekin so‘nggi yillarda to‘xtatilgan Shimoliy Koreya bilan harbiy kelishuv doirasida chegara hududida uchish taqiqini tiklashni rejalashtirmoqda. Ushbu chora harbiy ziddiyatlarning oldini olish va ikki tomon o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga qaratilgan. Bu haqda Birlashuv vaziri Chon Don’yon ma’lum qildi.
Kelishuvga ko‘ra, sharqiy chegara yaqinida 15 km, G‘arbiy zonada 10 km radiusda samolyot va dronlar uchishi taqiqlanadi. Kelishuv liberal sobiq prezident Mun Chje In davrida imzolangan, ammo 2023–2024 yillarda keskinliklar ortishi sababli to‘xtatilgan edi.
Chon dronlarning shimoliy chegaraga noqonuniy kirgani uchun jazo choralari kuchaytirilishini va koreyslararo aloqalar haqidagi qonunlarni yangilashni ham rejalashtirishayotganini bildirdi. Bu qadam, shuningdek, KXDR rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon tomonidan dronlar takroriy kirishining oldini olish bo‘yicha talablariga javob sifatida ko‘rilmoqda.
Hukumat ushbu rejalarni xavfsizlik masalalari bo‘yicha vazirlar yig‘ilishida muhokama qilgan va bu Li Chje Myon ma’muriyatining rasmiy pozitsiyasini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR rahbari Kim Chen In o‘z qizi Kim Chju Eni voris sifatida tayinlashni rejalashtirayotgani aytilgan edi.
Live
Barchasi