Shimoliy Koreya yetakchisining tobi qochgani rostmi? Turli ma’lumotlar o‘rtaga chiqmoqda
Olam
−
21 aprel 2020
15175Avvalroq AQSH razvedkasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning jarrohlik amaliyotidan so‘ng sog‘lig‘ining yomonlashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganayotgani haqida xabar bergan edik.
KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In Pxenyan tashqarisida joylashgan va odatdagidek ishlashda davom etmoqda. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni Janubiy Koreya Prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali vakili ma’lum qilgan.
“Bizning tushunishimizcha, rais Kim Chen In hozirda o‘zining eng yaqin sheriklari bilan qishloqda yashamoqda. U odatdagi faoliyatini davom ettirayotganga o‘xshaydi”, deya rasmiy manbaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Yonhap” agentligi.
Joriy yilning 16 aprel kuni Koreya markaziy telegraf agentligining (KMTA) xabar berishicha, Kim Chen In uzoq yillar davomida birinchi marta bobosi va KXDR asoschisi Kim Irning 108 yilligi marosimida ishtirok etmagan. U 11 apreldan beri Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining ichki siyosat masalalari bo‘yicha yig‘ilishini o‘tkazgandan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmagan.
Janubiy Koreyaning Daily NK gazetasi Shimoliy Koreyadagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Kim Chen In hozirda yurak-qon tomir tizimida o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng davolanmoqda.
KXDR rahbari hozirda Pxenyandan 100 km shimoli-sharqda joylashgan Myoxyansan tog‘lari hududidagi dachasida sog‘lig‘ini tiklamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 12 aprel kuni Pxenyan klinikalarining eng yaxshi jarrohlari KXDR katta rahbarlari uchun ixtisoslashgan kasalxonaga chaqirilgan. Kerakli muolajalarni o‘tkazgandan so‘ng, Kim Chen Inning holati yaxshilanishni boshladi va 19 aprelda ko‘pchilik shifokorlarning uyiga ketishiga ruxsat berildi.
LiveBarchasi