Janubiy Koreya rasmiylari Putinning Seulga tashrifiga tayyorlanmoqda

Olam

image

Janubiy Koreya rasmiylari koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilanoq Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Seulga tashrifini tashkil qilmoqchi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralardan so‘ng Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi rahbari Chon Uy Yon ma’lum qildi.

“Biz COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashar ekan, Prezident Putinning Janubiy Koreyaga tashrifi eng qisqa vaqt ichida amalga oshirilishini ta’minlash uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldik”? deydi Janubiy Koreya TIV rahbari.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri koreyalik hamkasbi bilan uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik kengayayotganini e’lon qildi va Koreya yarim oroli mamlakatlarini muzokaralarga imkon qadar tezroq qaytish hamda qurollanish poygasidan voz kechishga chaqirdi.

Shuningdek, Rossiya va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi muzokaralarda qo‘shma investitsiya fondini yaratish istiqbollari ham muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing