Janubiy Koreya KXDR bilan aloqador 12 nafar shaxsga sanksiya qo‘lladi

Olam

image

Koreya Respublikasi hukumati KXDR bilan aloqador bo‘lgan 10 nafar jismoniy va 2 nafar yuridik shaxsga sanksiya kiritdi. Bu haqda Koreya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar orasida Shimoliy Koreya Mudofaa vaziri Kan Sun Nam ham bor.

“Shimoliy Koreyaning Koreya yarim oroli va sayyoramizdagi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solayotgan noqonuniy faoliyatiga javoban hukumatimiz uchinchi davlatlar, jumladan, Rossiya bilan qurol savdosiga bog‘liq holda 10 nafar jismoniy va 2 yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Xususan, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi chiqishida, Janubiy Koreya Rossiya harbiy texnologiyalari evaziga KXDRdan qurol yetkazib berishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri provokatsiya va tahdid deb bilishini aytgan.

Shundan so‘ng, Rossiyaning Koreya Respublikasidagi elchixonasi Rossiya tomoni Yun Sok Yolning bayonotlarini asossiz, provokatsion va qarama-qarshilik deb bilishini iddao qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing