Janubiy Koreya chegarada KXDRga qarshi tashviqotni qayta boshladi
Olam
−
10 iyun
4843Janubiy Koreya KXDR tomonidan amalga oshirilgan chiqindi hujumlariga javoban chegara hududlarida ovoz kuchaytirgichlar orqali Shimoliy Koreyaga qarshi tashviqotni qaytadan boshladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashviqot ko‘rsatuvlarining qayta tiklanishiga javoban harbiy qadamlar tashlanishi mumkin. Chunki ikki tomon o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda va Shimoliy Koreyaning yadroviy ambitsiyalari bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chada qolmoqda.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon Janubiy Koreya “juda xavfli vaziyatga debocha” yaratganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya Shimoliy Koreya tashviqotni davom ettirsa va faollarning Shimoliy Koreyaga qarshi tashviqot varaqalarini chegaradan noqonuniy olib o‘tishini to‘xtatmasa, Shimoliy Koreyadan “yangi javob”ni ko‘radi.
“Men Seulni o‘zining xavfli faoliyatini zudlik bilan to‘xtatishi haqida qattiq ogohlantiraman. Bu qarama-qarshilik inqirozini yanada kuchaytiradi”, deydi Kim Yo Chjon.
Seul birinchi marta 2004 yilda Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalariga qarshi bo‘lgan yangiliklar va boshqa dasturlarni efirga uzatishni sinab ko‘rdi. Chegaradagi ovoz kuchaytirgichlar oxirgi marta 2016 yilda, Pxenyan navbatdagi yadro sinovlarini o‘tkazganida yoqilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi hukumatga Shimoliy Koreya bilan harbiy kelishuvni “ikki Koreya” o‘rtasida o‘zaro ishonch tiklanmaguncha to‘xtatib turishni taklif qilgan edi.
LiveBarchasi