“Jangga faqat u loyiq”. Mendes Habib kim bilan jang qilmoqchiligini aytdi
Sport
−
24 yanvar 2021 46424 1 daqiqa
Habib Nurmuhamedovni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan yagona jang – bu kanadalik Jorj Sen-Perga qarshi jang. Bu fikrni TASSga yengil vazn toifasida UFC chempionining murabbiyi Xaver Mendes aytib o‘tdi.
Bugun, 24 yanvar kuni UFC 257 musobaqasining asosiy musobaqasida amerikalik Dastin Puare irlandiyalik Konor Makgregorni ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Avvalroq, 2020 yil oktyabr oyida yengil vazn toifasidagi yana bir kamar himoyasidan so‘ng faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan Nurmuhamedov janglarga qaytishi mumkinligini tan oldi.
“Habib qaytish haqida o‘ylashi mumkin bo‘lgan yagona jang – bu Sen-Perga qarshi jang”. Agar Jorj qaytishga qaror qilsa, bu juda katta jang bo‘ladi. Habibning qolgan janglari esa, ehtimoldan yiroq”, deydi Mendes.
Ma’lumot uchun, kanadalik Jorj Sen-Per 39 yoshda va u 2019 yil faoliyatini yakunlagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr