Jamoat transportida kunlik tushum “plani” bekor qilinadi

Jamiyat

image

Jamoat transportida shu paytgacha bo‘lgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 31 yanvar kuni Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi, deb xabar beradi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Avtobuslar parkini kengaytirish uchun tashuvchi tadbirkorlarga avtobus parkini yangilashni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi. Jumladan:

- tashuvchilarni tanlashda avtobusning yangiligiga qarab, yo‘nalishda yo‘lovchi tashishning kafolatlangan muddatlari 7 yilgacha uzaytiriladi (10 yoshdan oshgan avtobuslar bo‘yicha shartnoma tuzilmaydi);

- tadbirkorlar olib kelgan yangi avtobuslar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini bo‘lib-bo‘lib to‘lashiga ruxsat beriladi;

- avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi.

Endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi. Xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim bo‘ladi. Bunda tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli to‘lovni oladi.

Bundan tashqari, aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing