Jamal Musialaga nevrologik disfunksiya tashxisi qo‘yildi

Sport

image

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi futbolchisi Jamal Musiala unda nevrologik disfunksiya tufayli vaqtinchalik absans xurujlari kuzatilishini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Kerri Xouning ijtimoiy tarmoqlardagi X sahifasida keltirilgan bayonotida aytdi.

Kecha, 18 avgust kuni Musiala “Bavariya”ning “Xaydenxaym”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (4:2) hushidan ketgani xabar qilingan edi. Joriy yilning 15 avgust kuni esa futbolchi “Leypsig”ga qarshi (3:1) o‘rtoqlik bahsida ham hushidan ketgan.

“Menga nevrologik disfunksiya tufayli kelib chiqadigan vaqtinchalik, ammo davolash mumkin bo‘lgan absans xurujlari tashxisi qo‘yildi. Ular yaqinda “Leypsig” va “Xaydenxaym”ga qarshi o‘yinlarda bo‘lgani kabi holatlarga olib kelishi mumkin. Bilaman, bu holatlar birinchi qarashda qo‘rqinchli ko‘rinadi, ammo men uchun ular endi kundalik hayotning bir qismiga aylangan. Mening sog‘lig‘im juda yaxshi va kelajakka optimistik qarayman. “Bavariya” hamda yaqinlarim doimo yonimda va bu jarayonda meni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Shuni ta’kidlash muhimki, qo‘shimcha sog‘liq uchun xavf mavjud emas”, deya Musialaning so‘zlarini keltiradi jurnalist.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Musiala 2020 yildan buyon “Bavariya” safida to‘p tepib kelmoqda. U myunxenliklar bilan olti marta Germaniya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, Germaniya Kubogi, UEFA Superkubogi va FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Musiala Germaniya terma jamoasi safida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing