Jaloliddin Masharipov Gretsiya klubini tark etdi
Sport
−
01 fevral 2024
9008O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” klubi bilan o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Masharipov “Panserraikos”da jami 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta assist muallifiga aylandi. Ma’lumotlarga qaraganda 30 yoshli futbolchi faoliyatini katta ehtimol bilan O‘zbekistonda davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipovning “Transfermarkt”ga ko‘ra narxi 1,5 million yevroni tashkil etadi. U faoliyati davomida BAAning “Shabab Al-Ahli” va Saudiyaning “Al-Nasr” kabi klublarida to‘p tepgan. Hozirda futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar