Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati ham tugatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati ham tugatildi. Tegishli qaror kecha, 30 yanvar kuni  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur qaror “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq qabul qilingan.

“Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Jahongir Obidovich Ortiqxo‘jayevning Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan hamda Senat a’zosi sifatida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin”, deyiladi qarorda.

Qarorda Ortiqxo‘jayevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish belgilangan.
“Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga yuborilsin”, deyiladi qarorda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing