Jahon shaxmat toji uchun bahs qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
29 iyul 4698 1 daqiqa
Amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaraju Gukesh hamda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov o‘rtasidagi jahon shaxmat toji uchun bahs Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, jahon chempionligi uchun o‘yinlar joriy yilning 25 noyabridan 15 dekabriga qadar davom etadi.
Javohir Sindorov joriy yil aprel oyida Kiprda o‘tkazilgan nomzodlar turnirida muddatidan avval g‘olib chiqib, amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga qarshi dona surish huquqini qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Gukesh 2024 yil dekabr oyida xitoylik Din Lijenni mag‘lub etib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
Qiziqarli jihati shundaki, mazkur bahs jahon shaxmati tarixida chempionlik uchun o‘tkaziladigan eng yosh final sifatida qayd etiladi. Chunki musobaqa boshlanadigan vaqtda har ikki shaxmatchi ham 20 yoshda bo‘ladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust