Jahon mudofaa xarajatlari rekord darajaga chiqdi. Qaysi davlat qurollanishga eng ko‘p pul sarflayapti? 

Bu qiziq

image

2023 yilda harbiy xarajatlar 6,8 foizga o‘sib, rekord daraja – 2,443 trillion dollarga yetdi. Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik masalalari tadqiqoti instituti (SIPRI) taqdim etgan hisobotga tayanib, RBC xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda global miqyosidagi umumiy mudofaa xarajatlari jahon yalpi ichki mahsulotining 2,3 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2009 yildan beri kuzatilgan eng yuqori nuqta hisoblanadi.

Ekspertlarning fikricha, dunyo davlatlarida harbiy xarajatlarning oshishi, birinchi navbatda, Ukrainada davom etayotgan urush hamda Osiyo, Okeaniya va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy taranglikning kuchayishi fonida yuz bermoqda.

E’tiborlisi, AQSH va Xitoy birgalikda jahon mudofaa xarajatlarining deyarli yarmini – mos ravishda global ko‘rsatkichning 37 va 12 foizini tashkil qiladi. AQSH xarajatlari Xitoydan uch baravar ko‘p bo‘lib, yirik derjava asosan qurol-yarog‘ bo‘yicha tadqiqot, ishlanmalar, sinov va baholashga pul tikyapti. Mamlakat ushbu yo‘nalishlar uchun 2022 yilga nisbatan 9,4 foizga ko‘proq sarmoya kiritgan. 

"Bu [AQSH] e’tiborini isyonkorlarga qarshi operatsiyalar va assimetrik urushdan ilg‘or harbiy salohiyatga ega bo‘lgan dushmanlar bilan potensial to‘qnashuvlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi qurol tizimlarini ishlab chiqishga qaratayotganini anglatadi”, deydi ekspertlar.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy xarajatlar SIPRI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing