Jahon chempioni Portugaliya klubiga ko‘chib o‘tdi
Sport
−
06 iyul 2023 4633 1 daqiqa
Argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya sobiq klubi hisoblanmish Portugaliyaning “Benfika” jamoasiga qaytdi. Bu haqda klub Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, klub va futbolchi o‘rtasida ikki hafta oldin og‘zaki kelishuvga erishilgan. 5 iyun kuni tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolandi.
35 yoshli argentinalik futbolchining “Benfika” bilan kelishuvi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Ta’kidlash joiz, Di Mariya 2007-2010 yillarda Benfikada to‘p tepgan. O‘sha yillarda u Lissabon klubi safida 76 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol urishni uddalagan.
Di Mariya o‘tgan mavsumni “Yuventus”da o‘tkazdi. U 40 o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta samarali harakatni (8 gol va 7 golli uzatma) amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Anxel Di Mariya 2022 yil Qatarda o‘tkazilgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. U finalda Fransiyaga qarshi o‘yinda gol urgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025