Jahon chempionatini to‘liq tomosha qilish uchun qancha umr kerak?
Sport
−
20 avgust 2025 4807 1 daqiqa
2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixdagi eng yirik turnir bo‘ladi. Unda 48 ta jamoa ishtirok etadi va jami 104 ta o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Futbol muxlisini qiziqtiradigan savollardan biri — bu barcha o‘yinlarni boshidan oxirigacha ko‘rish uchun qancha vaqt ketadi?
Hisob-kitob shuni ko‘rsatadiki, bir o‘yin o‘rtacha 105 daqiqa davom etadi (90 daqiqa + tanaffus + to‘xtashlar). 104 ta o‘yin jami 10 920 daqiqa yoki 182 soat demakdir. Bu esa taxminan 7,6 sutka uzluksiz vaqtni tashkil etadi.
Agar televizion efir doirasida hisoblasak, bir o‘yinga kamida 2 soat ajratiladi. Demak, barcha o‘yinlarni tomosha qilish uchun 208 soat yoki 8,7 sutka kerak bo‘ladi.
Kunlik hisobda esa turnir davom etadigan 40 kun ichida muxlis kuniga o‘rtacha 4–5 soatini futbolga sarflashi kerak bo‘ladi.
Agar bu vaqt yilga yoyilsa, kuniga 30 daqiqa, to‘rt yillik siklga yoyilganda esa atigi 7–8 daqiqaga teng.
Shunday qilib, 2026-yilgi jahon chempionatini to‘liq ko‘rmoqchi bo‘lgan muxlis kamida bir haftadan ortiq umrini futbolga bag‘ishlashi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bu safar O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatida qatnashadi.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi