Jahon chempionatida hal qiluvchi palla boshlandi
Sport
−
17 may 2019 3627 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning uchinchi kuni doirasida 3 nafar o‘zbek sportchisi o‘z omadini sinab ko‘radi. Ular orasida jahon chempionatlarining 2 karra finalchisi Nikita Rafalovich (-74 kg), Osiyo o‘yinlarining finalchisi Madinabonu Mannopova (-49 kg) va Zariya Qosimova (-57 kg) kabi taekvondochilarni ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonliklarning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-74 kg: Nikita Rafalovich – Rostand Kiki (Benin) / Kristos Pilavakis (Kipr)
-49 kg: Madinabonu Mannopova – Oqila Ramadan (Indoneziya)
-57 kg: Zariya Qosimova – Bineta Didiu (Senegal)
Ma’lumot uchun, jahon chempionati bahslarini bevosita arenadan tomosha qilish uchun Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax tashrif buyurishi kutilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025