Jahon chempionati ochilish marosimi qanday o‘tdi? (Fotogalareya)

Sport

image
0:00
0:00
download

Qatar Jahon chempionatining ochilish marosimini juda ham yorqin tarzda tashkil etdi. Garchi ochilish marosimida Olimpiada an’analariga o‘xshab ishtirokchilar paradi tashkil etilmagan bo‘lsa-da, marosimdagi badiiy chiqishlar muxlislarni aslo zeriktirib qo‘ygani yo‘q.

Ochilish marosimida bir qator futbol afsonalari ishtirok etdi. Stadionda maskotlar paradi o‘tkazildi. Ushbu paradda oldingi mundiallarning talismanlari qatnashdi.

Qatar amiri Al Tani musobaqani ochib berdi. U dunyoning eng boy futbol klublaridan biri Fransiyaning PSJ klubi egasi hisoblanadi.

Al Tanining nutqi yakunlangach, badiiy qismga start berildi. Maydonda mazkur Jahon chempionatining ramzi paydo bo‘ldi. Ushbu Jahon chempiotining ramzi cheksizlik belgisi ham hisoblanadi. Raqqoslarning milliy raqslari, chiroqlar shousiga ulanib ketdi.

Keyin esa marosimning asosiy qahramonlaridan biri mashhur aktyor Morgan Friman ishtirokidagi spektakl boshlandi. Syujetga ko‘ra, 85 yoshli aktyor hikoyachi rolini o‘ynadi. Marosimda qatarlik qori yigit G‘anim Mufah Qur’oni Karim oyatlaridan tilovat qildi. Muhtasham "Al-Bayt" stadionida Xujurot surasi 13-oyat o‘qildi. Morgan Friman millionlar o‘yini bo‘lmish futbol butun insoniyatni birlashtirishini aytdi.

Biroz vaqt o‘tgach, "Al-Bayt" stadionidagi muxlislarga JCH bosh sovrini maketi ko‘rsatildi.

Shuningdek, ochilish marosimiga ko‘plab jahon mamlakatlari yetakchilari tashrif buyurdi. Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri va vitse-Prezidenti Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish marosimni bevosita stadiondan kuzatib bordi.

Nihoyat, FIFA prezidenti Janni Infantino nutq so‘zladi va mundialning dastlabki o‘yiniga start berildi. 

Ma’lumot uchun, Qatar Jahon chempionatini tashkilashtirish uchun umumiy hisobda 220 milliard dollar sarfladi. Taqqoslash uchun, 2018 yilda Rossiya mezbonlik qilgan mundial xarajatlari 14,2 milliard dollarni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Qatar2022

Baholaganlar

392

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing