Jahon bankining sobiq Prezidenti pnevmoniya asoratlari oqibatida vafot etdi 

Olam

image

Jahon bankining sobiq Prezidenti Jeyms Vulfenson AQSHda vafot etdi. Bu haqda "The Washington Post" xabar bergan. 

OAVga ko‘ra, 86 yoshli Vulfenson Nyu-Yorkdagi uyida vafot etgan. 

Sobiq Prezidentning o‘limiga pnevmoniya asoratlari sabab bo‘lgani aytilgan. 

Jeyms Vulfenson Jahon banki rahbari sifatida ketma-ket ikki marta, avval 1995 yilda, keyin esa 2000 yilda qayta saylangan.

Ma’lumot uchun, Jahon bankiga 1945 yil 27 dekabrda asos solingan. Uning hozirgi Prezidenti Devid Malpass hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

JEYMS VULFENSON

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar