Jahon banki Rossiya va Ukraina iqtisodi urush sabab qanchalik qulashini e’lon qildi

Olam

image

Jahon banki urush va sanksiyalar natijasida Ukraina va Rossiya iqtisodiyoti qanchalik pasayishini hisoblab chiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bosqinchiligi korxonalarning yopilishiga, eksport hajmining qisqarishiga va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘q qilinishiga olib keldi.

Jahon banki joriy yilda sanksiyalar tufayli Rossiya iqtisodiyoti 11 foizdan ko‘proqqa qisqarishini bashorat qilmoqda.

Ukraina uchun ham prognoz salbiy. Bankirlar Ukraina ishlab chiqarishi bu yil hayratlanarli darajada 45,1 foizga qisqarishi mumkinligini taxmin qilgan.

Ukraina ishchi kuchining katta qismi qochishga yoki jang qilishga majbur bo‘ldi. Korxonalar yopilgan, yo‘llar, zavodlar va boshqa infratuzilmalar vayron bo‘lgan, Jahon banki esa yillar davomida erishilgan yutuqlar yo‘q qilinganini aytgan.

Shuningdek, iqtisodiy zarar Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda COVID-19 pandemiyasi keltirganidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Qora dengizdagi Ukraina portlarining yopilishi mamlakatdan g‘alla eksportining taxminan 90 foizga, shuningdek, umumiy eksportning qariyb yarmiga qisqarishiga olib kelgan.

Jahon bankining ta’kidlashicha, urush Ukrainaning katta hududlarida iqtisodiy faoliyatni imkonsiz qilgan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va hosilni yig‘ib olishga to‘sqinlik qilgan.

“Rossiya bosqinchiligi Ukraina iqtisodiyotiga qattiq zarba berib, uning infratuzilmasiga katta zarar yetkazmoqda. Ukraina zudlik bilan katta moliyaviy yordamga muhtoj, chunki u o‘z iqtisodiyotini saqlab qolish uchun kurashmoqda va hukumat ekstremal vaziyatga duch kelgan Ukraina fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilmoqda”, degan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Bjerde.

UNIANning xabar berishicha, Ukraina yalpi ichki mahsuloti 2022 yilning birinchi choragida Rossiya boshlagan urush tufayli o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga kamaygan. Iqtisodiyot vazirligi Ukraina yalpi ichki mahsulotining yillik pasayishi 40 foizga yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing