Jahon banki 2021 yil O‘zbekistonda YAIM 4,3 foizga o‘sishini prognoz qildi
Jamiyat
−
06 yanvar 2021
2282O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi 2021 yil 4,3 foizga, 2022 yilda 4,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon bankining “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotida ma’lumot keltirib o‘tilgan.
Ungan ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston YAIMning o‘sishi 0,6%ni tashkil etgan, 2021 yil 4,3 foizga, 2022 yilda 4,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.
“Markaziy Osiyoda bu yil iqtisodiy o‘sish 3 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda, bu tovarlarning narxlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mo‘’tadil ko‘tarilishi bilan kuchaygan, chunki subregion Xitoyning “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusida faollashmoqda”, deyiladi hisobotda.
Hisobotda aytilishicha, vaziyatning salbiy rivojlanishi xavfining aniq ustunligi mavjud. Markziy Osiyodagi iqtisodiy o‘sishning bevosita istiqbollari so‘nggi paytlarda ba’zi mamlakatlarda ijtimoiy notinchlikka, shuningdek, geosiyosiy ziddiyatlarning kuchayish xavfiga sabab bo‘lgan COVID-19 bilan kasallanishning ko‘payishi bilan bog‘liq. Yevropa va Markaziy Osiyoda COVID-19 kasalligining ko‘payishi uy xo‘jaliklari va kompaniyalar tomonidan cheklovlarning kuchayishiga hamda kuchli reaksiyalarga olib kelishi mumkin.
LiveBarchasi