Jeenbekov Putin bilan uchrashish uchun Sochiga kelyapti

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 28 sentyabrida Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan Sochida uchrashadi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

"2020 yil 28 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga amaliy tashrif bilan keladigan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan Sochida uchrashadi", deyilgan xabarda.

Uchrashuvda Rossiya-Qirg‘iziston strategik sherikligi va ittifoqini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikka, shuningdek, Yevroosiyo makonida integratsion aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. 

Jeenbekov Rossiyaga oxirgi marta Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan G‘alaba paradini nishonlash uchun borgandi. Lekin, Moskvadagi tantanalarda qatnashishdan bosh tortishga majbur bo‘lgan. Chunki Qirg‘iziston delegatsiyasining ikki a’zosiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing