Zelinskiyning o‘zbekistonlik “egizagi” serialda bosh rolni o‘ynaydi
Olam
−
19 noyabr 2019 8641 1 daqiqa
Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat butun dunyo e’tiborini o‘ziga tortdi. Unda Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelinskiyga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan yigit aks etgan. U esa o‘zbekistonlik Umid Isaboyev bo‘lib chiqdi.
Ayni vaqtda Umid Isaboyevga Rossiya kinoijodkorlari tomonidan filmda rol ijro etish taklifi berilmoqda. U kartinada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelinskiy obrazini gavdalantiradi.
“Serialga tushish taklifini berishdi. Adashmasam u 4 yo 6 qismdan iborat bo‘ladi. Juda taniqli prodyuserlardan biri menga shartnoma tuzish taklifini bildirdi. Hozir muzokara olib boryapmiz. U menga qanday film haqida gap ketayotganini tushuntirdi. Film janri – komediya. Ular menga bosh rolni berishmoqchi. Preziden Zelinskiyni gavdalantiraman. Filmning to‘liq ssenariysini shartnoma imzolangach berishadi”, deydi Umid Isaboyev.
U ayni vaqtda birdan mashhur bo‘lgan shaxslar qatoridan o‘rin olmoqda. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida xizmat qiluvchi Umid Isaboyevga omad kulib boqqan. U Rossiyaning taniqli shaxslari, shoumenlari bilan uchrashib, suhbatlashishga ulgurdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025