Zelenskiyning vakolat muddati tugashiga qaramay, uni Prezident deb hisoblaymiz – BMT

Olam

image

BMT Vladimir Zelenskiyni garchi rasmiy ravishda uning davlat rahbari sifatidagi vakolati 20 mayda tugagan bo‘lsa ham uni Ukraina Prezidenti deb hisoblashda davom etadi. Bu haqda jahon tashkiloti rahbari vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

“Prezident Zelenskiy biz uchun Ukraina davlat rahbari va bosh kotib Ukraina Prezidenti bilan bog‘lanish zarurati tug‘ilganda muloqot qiladigan shaxs bo‘lib qoladi”, deydi Dyujarrik.

Zelenskiy 2019 yilda Ukraina Prezidenti etib saylangan va o‘sha yilning 20 may kuni lavozimiga kirishgan.

Ukraina rahbari besh yil muddatga saylanadi, saylovlar 2024 yilning mart oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Mamlakat Konstitutsiyasiga ko‘ra, harbiy holat sharoitida ularni o‘tkazish taqiqlangan (u 2022 yilning fevralida keng ko‘lamli janglar boshlanganidan beri amal qiladi).

RBKning xabar berishicha, 2023 yilning noyabrida Oliy Radadagi fraksiya rahbarlari memorandum imzolagan, unga ko‘ra saylovlar mamlakatdagi janglar tugaganidan keyingina o‘tkazilishi mumkin.

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi raisi Oleg Didenko urushni inobatga olgan holda Ukraina rahbarining 20 maydan keyingi vakolatlari avtomatik ravishda yangi saylovlar o‘tkazilgunga qadar uzaytirilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing