Zelenskiyning rafiqasi Qirol Charlz bilan uchrashdi

Olam

image

Ukraina birinchi xonimi Yelena Zelenskaya Buyuk Britaniyaga tashrifining ikkinchi kuni Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan uchrashdi, shuningdek, qirolicha Kamilla bilan ziyofatda ishtirok etdi. 

Qirol Londondagi Ukraina katolik soborida yangi Mehmondo‘stlik markazini rasman ochish uchun Ukraina Birinchi xonimi bilan birga bo‘lib, u yerda xodimlar, ko‘ngillilar va Ukrainadan ko‘chirilganlarning oilalari bilan uchrashdi. 

Qayd etilishicha, ushbu markaz Buyuk Britaniyaga kelgan Ukraina fuqarolariga yordam berish uchun tashkil etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniyaga kelish, qolish va uzoq muddat yashash haqida barcha kerakli ma’lumotlarni olish uchun aloqa nuqtasidir. Shuningdek, u ukrainaliklarga o‘z madaniyati va merosi bilan muloqotda bo‘lishga yordam beradigan ijtimoiy markaz vazifasini bajaradi.

O‘z navbatida, Zelenskaya Instagram’da bu Charlz III ning ukrainaliklar bilan birinchi uchrashuvi emasligini aytdi. 

"Men Londondagi Ukraina katolik soboriga tashrif buyurgan Buyuk Hazrati Qirol Charlz III bilan shaxsan uchrashish sharafiga muyassar bo‘ldim. Bu yerda Londonning Ukrainani kutib olish markazi joylashgan. Bu oliy hazratlarining birinchi marta vaqt va iliq so‘z topishi emas”, deb yozgan Zelenskaya. 

Shuningdek, Ukraina birinchi xonimi Buyuk Britaniyada har qadamda o‘z va ukrain xalqiga ko‘rsatilayotgan yuqori darajadagi hurmat va ehtiromni his qilganini aytadi. 

“Men butun ukrainaliklar nomidan Birlashgan Qirollik Ukrainaga ko‘rsatayotgan va ko‘rsatishda davom etayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdim, chunki bu yerda, Londonda, har qadamda, har bir uchrashuvda men bu qo‘llab-quvvatlash qanchalik mustahkamlanib borayotganini his qilyapman – va bizning do‘stligimiz kuchayib boradi”, deydi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing