Zelenskiy Yermakni ishdan bo‘shatishdan bosh tortdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy energetika sohasidagi davlat kompaniyasi “Energoatom” atrofidagi korrupsiya mojarosi fonida o‘zining yaqin hamkori Andrey Yermakni Ukraina Prezidenti idorasi rahbari lavozimidan bo‘shatishdan bosh tortdi. Bu haqda Zelenskiy kecha, 20 noyabr kuni “Sluga naroda” partiyasi fraksiyasi deputatlari bilan uchrashuvda bilvosita ma’lum qilgan, deb xabar berdi “Ukrainskaya pravda” va “Hromadske” nashrlari.

Uchrashuvda deputat Maryana Bezuglaya davlat rahbaridan Yermak va boshqa mansabdor shaxslar ishdan olinadi-yo‘qmi deb so‘ragan. Zelenskiy Prezident ofisidagi kadrlar masalasi prezidentning mas’uliyati ekanini aytdi va Yermak istefosi bo‘lmasligini tushuntirib o‘tgan.

Shu bilan birga, Rada deputati Fyodor Venislavskiyga ko‘ra, “Sluga naroda” fraksiyasining juda ko‘p a’zolari Andrey Yermak istefoga chiqishi kerak deb hisoblaydi.

Ukrainadagi korrupsiya mojarosi

Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) va Ixtisoslashgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) 10 noyabr kuni “Energoatom” atrofidagi yirik korrupsiya sxemasi fosh etilganini ma’lum qilgan.

Mojaro markazida Ukraina amaldorlari, Prezidentning ko‘p yillik hamkori Timur Mindich va moliyachi Aleksandr Sukerman turgan. Shundan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlar Mindichning uyida, “Energoatom”da va Ukraina adliya vaziri German Galushenkonikida tintuvlar o‘tkazdi. Mindich esa bu voqealardan oldin mamlakatni tark etgan.

12 noyabr kuni Zelenskiy Galushenko (ikki kun avval vazifasidan chetlatilgan) va energetika vaziri Svetlana Grinchukni ishdan olishni talab qildi. 19 noyabr kuni Oliy rada har ikki vazirning istefosini ma’qulladi.

Zelenskiy farmoniga binoan Mindich va Sukermanga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Ukraina Vladimir Zelenskiy Andrey Ermak Energoatom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing