Zelenskiy YeIga kirish masalasida Germaniyaga suyanishini aytdi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 17 may kuni telefon orqali Ukrainadagi harbiy va gumanitar vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

“Ular suhbatda Ukraina va Rossiya mojarosiga muzokaralar yo‘li bilan diplomatik yechim topish uchun Rossiya tomonidan harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi va Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadan olib chiqilishi kerak degan xulosaga kelishdi”, deydi Germaniya Hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, suhbat davomida ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida fikr almashgan va yaqin aloqada bo‘lishga kelishib olgan.

O‘z navbatida, Zelenskiy Shols bilan muzokaralarni “samarali” deb atagan. 

“Biz frontdagi vaziyat, Rossiya Federatsiyasiga bosimning davom etishi, sanksiyalarni kuchaytirish, tinchlikka erishish istiqbollarini muhokama qildik. Biz Germaniyaning qo‘llab-quvvatlashini, jumladan, mudofaa ko‘magini qadrlaymiz. Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lish yo‘lida Germaniyaning keyingi yordamiga umid qilamiz”, deb yozib qoldirgan Ukraina Prezidenti o‘z Twitter’ida.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing