Zelenskiy yangilangan hukumatning asosiy vazifasini aytdi
Olam
−
06 Sentabr
3397Oxirgi ikki kun ichida Ukraina Oliy Radasi Vazirlar Mahkamasida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirib, olti vazirni ishdan bo‘shatib, o‘rniga yangilarini tayinladi. Bu haqda “Strana.ua” xabar berdi.
Quyidagilar ishdan bo‘shatildi:
- Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba;
- Adliya vaziri Denis Malyuska;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ruslan Strelets;
- Bosh vazirning Yevropa integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishina;
- Reintegratsiya vaziri Irina Vereshuk (Prezident devonida ishga o‘tishini e’lon qildi);
- Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin (u ham Prezident devonida ishga o‘tishi kutilmoqda);
- Davlat mulki jamg‘armasi rahbari Vitaliy Koval.
Tayinlanganlar:
- Andrey Sibiga – Tashqi ishlar vaziri;
- Oldin “Ukroboronprom”ni boshqargan German Smetanin strategik sanoat vaziri etib tayinlandi;
- Natalya Kalmykova – Faxriylar ishlari vaziri;
- Prezident devoni rahbari o‘rinbosari Nikolay Tochitskiy — Madaniyat va strategik kommunikatsiyalar vaziri;
- Matvey Bedniy – Yoshlar va sport vaziri (vazifasini bajargan);
- Svetlana Grinchuk – Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri;
- Aleksey Kuleba – Jamoalar va hududlarni rivojlantirish vaziri (u avval davlat boshqaruvi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan);
- Olga Stefanishina – Adliya vaziri;
- Vitaliy Koval – Agrar siyosat vaziri.
- Smetanin o‘rniga "Ukroboronprom" rahbari vazifasini bajaruvchi etib Ukraina Qurolli kuchlari logistika kuchlarining sobiq qo‘mondoni Oleg Gulyak tayinlandi.
Prezident Vladimir Zelenskiy hukumatdagi kadrlar o‘zgarishi bo‘yicha ovoz bergani uchun parlamentga minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi Vazirlar Mahkamasi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa frontni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va hamkorlar bilan ishlashni faollashtirishdan iborat.
Prezident, shuningdek, sheriklar iyul oyida NATO sammitida havo hujumidan mudofaa bo‘yicha bergan barcha va’dalarini bajarishlarini istashini bildirdi. U Ukraina rasmiylari “Ramshteyn” formatidagi navbatdagi uchrashuvga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rganini aytdi.