Zelenskiy va Erdo‘g‘an Rossiya uchun xavotirli kelishuvni imzoladilar
Olam
−
03 fevral 2022
21493Ukrainada Turkiya bilan hamkorlikda uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqarish kengaytiriladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi.
“Bugun Ukrainada uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqarishni sezilarli darajada kengaytiradigan kelishuv imzolandi”, deydi u Kiyevdagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Avvalroq Ukrainada ular Turkiyaning “Bayraktar” uchuvchisiz uchoqlarini ishlab chiqaradigan zavod qurish rejalarini ma’lum qilgan edi.
Ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikdagi muvaffaqiyatlarni sanab o‘tgan Zelenskiy, shuningdek, agar mamlakatda xavfsizlikka tahdid mavjud bo‘lsa, ular unchalik ahamiyatli emasligini aytdi.
"Ko‘proq muhimroq narsalar borki, ularsiz iqtisodiyotning barcha g‘alabalari o‘z ma’nosini yo‘qotadi – bu xavfsizlik, bu tinchlik. Shuning uchun biz duch kelgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari uchrashuvimizning asosiy mavzusi bo‘ldi”, deydi u.
Zelenskiy turkiyalik hamkasbi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirgan.
"Prezident Erdo‘g‘anga Ukraina va Rossiya o‘rtasida vositachi bo‘lish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildiraman. Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun biz barcha platformalarda va barcha formatlarda qo‘limizdan kelganini qilishga tayyormiz. Urushga qayerda nuqta qo‘yilishining farqiy yo‘q. Asosiysi, hamma bunga chin dildan tayyor bo‘lsin”, deydi Ukraina Prezidenti.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyida Turkiya “Baykar Makina” kompaniyasidan “Bayraktar Akinci” jangovar uchuvchisiz havo vositalarini eksport qilish bo‘yicha birinchi shartnomani imzoladi. Qayd etilishicha, ushbu havo vositasining dvigatellar Kiyevda ishlab chiqariladi.
2021 yilning 12 noyabr kuni Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatdagi ikki kompaniya – “Ivchenko-progress” davlat korxonasi va “Motor Sich” korxonasi Turkiya uchuvchisiz havo vositalari uchun dvigatellar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolaganini ma’lum qilgan edi.
So‘nggi yillarda Turkiya nafaqat o‘z qurolli kuchlari ehtiyojlarini qondirish, balki eksport uchun ham jangovar uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda “Bayraktar TB2” uchuvchisiz uchoqlaridan oltita davlat foydalanmoqda: Ozarbayjon, Qatar, Liviya, Marokash, Polsha va Ukraina. Ushbu turdagi uchuvchisiz havo kemalari Tog‘li Qorabog‘, Suriya va Liviyadagi jangovar harakatlarda qo‘llanilgan.
Rossiya mahalliy nasharlarida, Turkiyaning uchuvchisiz havo vositalarini Ukrainaga yetkazib berilishi qoralab kelinmoqda.
“2021 yilda Turkiya Ukrainaga “Bayraktar” zarba beruvchi uchuvchisiz uchoqlarini yetkazib berdi, yeyinchalik ular Minsk kelishuvlarida taqiqlangan Donbassda foydalanildi. Ulardan Ukraina qurolli kuchlari tomonidan foydalanilgani haqidagi xabarlar ortidan Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirliklari xavotir bildirgan”, deyialid TASS xabarida.
LiveBarchasi