Zelenskiy urush boshlangandan buyon ilk xorijiy safarga chiqdi – OAV
Olam
−
21 dekabr 2022
13928Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 21 dekabr kuni Vashingtonga jo‘nab ketdi. Bu uning fevral oyida Rossiya bosqini boshlangandan buyon amalga oshirayotgan ilk xorijik safari. Bu haqda CNN xabar berdi.
“Ukraina Prezidenti o‘z mamlakatini tark etmoqda va ikki manbaga ko‘ra, allaqachon bu yerga [Vashingtonga] yo‘l olgan”, deydi teleboshlovchi.
20 dekabr kuni ertalab “Axios” portali manbalarga tayanib, Zelenskiy 21 dekabr kuni Vashingtonga tashrif buyurishi va AQSH Kongressi Vakillar palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida nutq so‘zlashi haqida xabar berdi. U Ukrainaga ko‘rsatilayotgan milliardlab dollarlik harbiy yordam uchun qonunchilarga minnatdorlik bildirishi, shuningdek, Kiyevga ajratilayotgan moliyaviy resurslar miqdorini oshirishni so‘rashi kutilmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga tashrifi davomida AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi, hozirda ularning uchrashuvi ishlab chiqilmoqda.
“Aftidan, u [Zelenskiy] Prezident Baydenga shaxsan murojaat qila oladi, hozirda Prezident Zelenskiy Oq uyga tashrif buyurib, Prezident Bayden bilan shaxsan uchrashishi rejalashtirilmoqda”, deydi CNN jurnalisti jonli efirda.
Uning ta’kidlashicha, Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi e’lon qilinishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, telekanalning ta’kidlashicha, Kiyevga “Patriot” raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan.
LiveBarchasi