Zelenskiy Ukrainaning uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlarini yaratish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining mamlakatda uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlarini yaratish to‘g‘risidagi qarorini amalga oshirishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat Ukraina Prezidenti saytida e’lon qilindi.

“Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 2024 yil 25 iyundagi “Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida alohida turdagi kuchlar sifatida uchuvchisiz tizim qo‘shinlarini yaratish to‘g‘risida”gi qarori kuchga kiritilsin”, deyiladi farmonda.

Farmon e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qayd etish joizki, 11 iyun kuni Ukraina Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining yangi bo‘limi – uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlari tashkil etilganini ma’lum qilgan. Polkovnik Vadim Suxarevskiy Qurolli kuchlarning uchuvchisiz tizimlari Qurolli kuchlari qo‘mondoni etib tayinlangan.

Ilgari Suxarevskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy o‘rinbosarlaridan biri bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy uchuvchisiz tizimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing