Zelenskiy Ukrainaning muzokaralardagi “qizil chiziqlari”ni ma’lum qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuv arafasida tinchlik muzokaralaridagi Ukraina uchun aniq “qizil chiziqlar”ni ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 27 dekabr kuni jurnalistlarning savollariga javob berar ekan aytib o‘tdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun “qizil chiziqlar” – hududiy masalalar, Zaporoje AES va xavfsizlik kafolatlari hisoblanadi. Ukraina rahbari kelishilmagan masalalar imkon qadar kam bo‘lishi uchun ish olib borilayotganini ham ma’lum qilgan.

“Albatta, Ukraina uchun “qizil chiziqlar” bor va men amerikaliklarning murosaviy takliflari borligiga ishonaman, biz ularni bilamiz, ehtimol, dushmanimizning ham o‘z maqsadlari bor. Bu masalalarning barchasi juda nozik. Gap hududlar, AES haqida ketmoqda. Mening munosabatimni bilasiz – biz hech qanday sharoitda hech narsani yuridik jihatdan tan olmaymiz. Agar yondashuvlar yangilansa, albatta, u yoki bu qarordan oldin biz xalq bilan muloqot qilamiz”, deydi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, jamiyat bilan muhokama qilish masalasi turli shakllarda bo‘lishi mumkin.

“Ammo eng asosiysi – xavfsizlik kafolatlari. Hududiy masalalar va AESdan tashqari, biz uchun juda muhim bo‘lgan xavfsizlik kafolatlari bor”, deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy tez orada Rossiya bilan urushni yakunlash masalasida Donald Tramp bilan uchrashishini ma’lum qilgandi. Uchrashuv Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago nomli shaxsiy qarorgohida bo‘lishi kutilmoqda. Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, uchrashuv ertaga, 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy tinchlik muzokaralari qizil chiziq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing