Zelenskiy Tramp va Rubio bilan uchrashdi
Olam
−
16 iyun 3268 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Katta yettilik” (G7) sammiti doirasida AQSH Prezidenti Donald Tramp hamda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Zelenskiy bilan birga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi hamda Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustam Umarov ham ishtirok etgan.
Uchrashuvning rasmiy kun tartibi hozircha ochiqlanmagan.
“Har doim pozitsiyalarni muvofiqlashtirish muhim”, deb yozgan Zelenskiy suratlarga izoh sifatida. Biroq u muzokaralar tafsilotlarini ma’lum qilmagan.
Oliy darajadagi ushbu uchrashuv G‘arb davlatlari tomonidan Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilinayotgan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan.
Undan avval AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan edi.
Suhbat davomida Putin amerikalik hamkasbini tavalludining 80 yilligi bilan tabriklagan. Shuningdek, Rossiya rahbari Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududidagi fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan hujumlari jang maydonidagi vaziyatni Kiyev foydasiga o‘zgartira olmasligini ta’kidlagan.
Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Tramp telefon suhbati chog‘ida Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish maqsadida Kiyev va Yevropa hamkorlariga ta’sir o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan.
Live
Barchasi