Zelenskiy tez orada Tramp bilan uchrashishini e’lon qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tez orada Rossiya bilan urushni yakunlash masalasida AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 26 dekabr kuni o‘zining Telegram-kanalida yozdi. 

“Bir kun ham yo‘qotmayapmiz. Eng yuqori darajada – Prezident Tramp bilan yaqin vaqt ichida uchrashuv bo‘yicha kelishib oldik. Yangi yilga qadar ko‘p narsa hal bo‘lishi mumkin”, deb yozdi u.

“Kyiv Post”ning diplomatik manbalariga ko‘ra, uchrashuv Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago nomli shaxsiy qarorgohida bo‘lishi kutilmoqda. Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, uchrashuv joriy yilning 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina muzokaralar delegatsiyasi rahbari Rustam Umarov AQSH bilan bo‘lib o‘tgan so‘nggi aloqalar natijalari haqida unga hisobot berganini bildirdi. Yaqinda u Floridada Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan uchrashgan. Uchrashuvda AQSH tomonidan ishlab chiqilgan va ko‘plab muzokaralar natijasida o‘zgartirilgan tinchlik rejasi tafsilotlari muhokama qilingan. Kecha, 25 dekabr kuni Zelenskiy Uitkoff va Kushner bilan telefon orqali gaplashib, shundan so‘ng “umumiy natija va uzoq muddatli tinchlik uchun ishlashi mumkin bo‘lgan yaxshi g‘oyalar bor”ligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy 20 banddan iborat tinchlik rejasining mazmunini ochiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy Mar-a-Lago

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing