Zelenskiy Rossiyani G20 dan chiqarib tashlashga chaqirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani “Katta yigirmatalik” (G20) dan chiqarib tashlash kerakligini aytdi. U Moskvaning don kelishuvidagi ishtirokini to‘xtatish haqidagi qaroriga shunday munosabat bildirdi.

“Endi bizga qattiq xalqaro reaksiya kerak: ham BMT darajasida, ham boshqa darajalarda, xususan, G20 darajasida”, deydi Zelenskiy videomurojaatida.

Uning fikricha, Rossiyaning qarori bir necha qit’alarda ochlik bilan bog‘liq vaziyatni yanada kuchaytiradi. 

"Rossiyaga G20da joy yo‘q", deydi Zelenskiy.

“Katta yigirmatalik” – eng yirik rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarni birlashtirgan norasmiy tashkilotdir. U Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Yaponiyani o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopoldagi Qora dengiz harbiy flotiga uyushtirilgan hujum munosabati bilan Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan kelishuvdagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing