Zelenskiy Putinning sulhini 30 kunga uzaytirishni taklif qildi
Olam
−
20 aprel 7302 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatish rejimini 30 kunga uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
“Agar to‘liq sulhga amal qilinsa, Ukraina uni 20 apreldan keyin ham uzaytirishni taklif qiladi”, deydi davlat rahbari.
Uning ta’kidlashicha, muddat yana uzaytirilsa, bu Rossiyaning haqiqiy niyatlarini ko‘rishga imkon beradi.
“30 soat e’tiborni jalb qilish uchun yetarli, ammo ishonchni mustahkamlash uchun kam. 30 kun esa tinchlik uchun bir imkoniyatdir”, degan Zelenskiy.
U, shuningdek, Ukraina Rossiya tomonining harakatlariga simmetrik javob berishga tayyorligini bildirdi.
“Sukutga – sukut, hujumlarga – qarshi zarbalar”, deydi u.
Shuningdek, u Moskvaning so‘zlariga ishonib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
“Biz Moskvaning qanday qilib manipulyatsiya qilishini juda yaxshi bilamiz. Biz hamma narsaga tayyormiz”, deydi Ukraina rahbari.
Ma’lumot uchun, kecha, 19 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilgandi. Kreml saroyida o‘tkazilgan uchrashuvda Oliy Bosh qo‘mondon Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovning front chizig‘idagi vaziyat haqidagi hisobotini tinglagach, Rossiya tomoni 19 aprel soat 18:00 dan 21 aprel soat 00:00 gacha barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishini bildirdi. Rossiya barcha jangovar harakatlarni to‘xtatadi va “Ukraina tomoni ham bu tashabbusga amal qiladi”. Putinning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan mumkin bo‘lgan sulh buzilishlariga va boshqa “tajovuzkor harakatlarga” qarshi javob berishga tayyor bo‘ladi.
Live
Barchasi