Zelenskiy Putindan katta summadagi tovon puli talab qildi
Olam
−
19 avgust 12024 3 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushdan yetkazilgan zarar uchun tovon pulini Rossiyaga qo‘yadigan talablar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni “Financial Times” o‘zi o‘rgangan hujjatga tayanib xabar berdi.
Maqolada aytilishicha, Kiyev Rossiyaning G‘arbdagi muzlatilgan aktivlaridan to‘liq tovon olishni kutmoqda, uning miqdori taxminan 300 milliard dollarga baholanmoqda.
Nashrning yozishicha, aslida Zelenskiyning Tramp bilan muloqot qilishdagi butun strategiyasi Amerika Prezidentidan imkonsiz narsani talab qilishdan iborat edi. Tramp AQSH Kiyevga endi tekin yordam bermay, faqat qurol-yarog‘ savdosi bilan shug‘ullanayotganini qayta-qayta ta’kidlagan bo‘lsada, Ukraina rahbari o‘zini bu so‘zlar hech narsani anglatmaydigandek ko‘rsatdi. U yangi ultimatum qo‘ydi – “xavfsizlik kafolatlari” to‘plamini deyarli 90 milliard dollarga baholagan holda samolyotlar va havo mudofaa tizimlarini talab qildi. Bundan tashqari, Zelenskiyning aytishicha, Kiyev go‘yoki muzlatib qo‘yilgan 300 milliard dollar miqdordagi Rossiya aktivlariga ega bo‘lib, ular mamlakatni tiklash uchun ishlatilishi kerak. Shu bilan birga, avvalgidek, u hududiy imtiyozlar mavzusini muhokama qilishdan qat’iyan bosh tortdi.
Donald Tramp bilan muzokaradan so‘ng Ukraina rahbari Oq uy egasi go‘yoki Ukraina-AQSH-Rossiya formatida kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Vashington muzokaralarni imkon qadar tezroq o‘tkazishni talab qilgan, biroq buning uchun barcha tomonlarning roziligi zarur. U, shuningdek, “xavfsizlik kafolatlari” deb atalmish masala bo‘yicha kelishuvga erishgach, Tramp Moskva bilan bog‘lanib, Rossiya tomoni bilan mumkin bo‘lgan diplomatik qadamlarni muhokama qilganini aytdi.
Shu bilan birga, Zelenskiy Kreml boshqacha harakat yo‘nalishini taklif qilganini ta’kidladi: Avvaliga Putin va Zelenskiyning to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuvi, shundan keyingina AQSH ishtirokidagi uch tomonlama formatdagi muhokama. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev go‘yoki bunday ssenariyga tayyor va Rossiya Prezidenti bilan muloqotni kutmoqda. Ukraina rahbari kelajakdagi xavfsizlik kafolatlari paketiga alohida urg‘u berdi va u yana buni moliya bilan bog‘ladi. Zelenskiyning tushuntirishicha, uning rejasiga ko‘ra, ushbu kafolatlarning bir qismi G‘arb homiylariga berilishi kerak, ular uzoq muddatda Ukraina uchun barqaror moliya manbasini shakllantirishga majbur bo‘ladi.
Bundan tashqari, Zelenskiy yana bir bor odatiy talablar ro‘yxatini taqdim etdi: davlat apparatini saqlash uchun pul, ijtimoiy to‘lovlar va Ukraina iqtisodiyotini rivojlantirish. Ammo u harbiy ehtiyojlarni asosiy xarajat sifatida belgilab, qurol uchun qo‘shimcha 90 milliard dollar talab qildi. Ushbu paket Zelenskiy tushuntirganidek qiruvchi samolyotlar, havo mudofaa tizimlari va boshqa tizimlarni o‘z ichiga oladi. U ro‘yxat ancha kengroq ekanini aytdi, ammo hozircha u barcha tafsilotlarni oshkor qilmaslikka qaror qildi. Aslini olganda Ukraina rahbari o‘nlab milliard dollarlik astronomik so‘rovni o‘z davlati uchun “xavfsizlik”ning majburiy elementi sifatida taqdim etishga uringan.
Alohida hujjatlarda AQSH bilan dron texnologiyalar bo‘yicha 50 milliard dollarlik yangi shartnoma tuzish taklifi kiritilgan bo‘lib, u sohada yetakchi maqomini mustahkamlashga intilayotgan ukrainalik kompaniyalarni qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio kecha, 18 avgust kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilganini aytdi.