Zelenskiy Putin bilan 3 ta joyda uchrashishga rozi ekanini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha Avstriya, Shveysariya yoki Turkiyada uchrashuv o‘tkazishga rozi, ammo Vengriya yoki Rossiyada emas. Bu haqda Ukraina rahbari kecha, 20 avgust kuni Kiyevda jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Biz buni adolatli deb hisoblaymiz va yevropaliklar bu uchrashuv neytral Yevropada bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Chunki Ukrainadagi urush Yevropa qit’asida. Men rozi ekanimizni aytdim. Shveysariya, Avstriya – biz rozimiz. Turkiya? Biz uchun Turkiya NATO davlati va Yevropaning bir qismidir va biz qarshi emasmiz”, dedi u.

Shuningdek, Zelenskiy “Moskvada hech qanday uchrashuv bo‘lishi mumkin emas” deb ta’kidladi.

“Budapeshtga platforma sifatida kelsak, bugungi kunda bu oson emasdek tuyuladi. Bu oson emas, chunki urush paytida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda barcha Yevropa davlatlari o‘rtasida birlik bor. Rostini aytsam, Budapesht bizni qo‘llab-quvvatlamadi. Men Vengriya Bosh vaziri  Viktor Orbanning siyosati Ukrainaga qarshi bo‘lgan demayapman, lekin u Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qarshi edi”, dedi Zelenskiy.

Prezident Vengriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga ham qarshi ekanini eslatib o‘tdi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvining taxminiy sanasi sifatida 22 avgustni aytgandi. 18 avgust kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Oq uy rahbari va Yevropa yetakchilari Rossiya Federatsiyasi va Ukraina Prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishini e’lon qildi, biroq aniq sana aytilmadi. Germaniya kansleri Fridrix Mers bu keyingi ikki hafta ichida o‘tkazilishi kerakligini aytdi. Shu kungacha Moskva sammitga tayyorligini to‘g‘ridan to‘g‘ri tasdiqlamadi va hech qanday sanani aytmadi.

“Hozir Rossiya tomonidan qadam bo‘lishi kerak”, dedi Zelenskiy 20 avgust kuni Kiyevda . 

Uning aytishicha, Ukraina rasmiylari “7-10 kun ichida xavfsizlik kafolatlari arxitekturasini tushunmoqchi”. 

“Tushunib bo‘lgach, uch tomonlama formatda uchrashuvga erishish. Bu mening mantiqim edi. Prezident Tramp biroz boshqacha mantiqni taklif qildi: ikki tomonlamadan keyin uch tomonlama uchrashuv. Ikki tomonlama uchrashuvga men darhol javob berdim. Biz tayyormiz. Lekin ruslar tayyor bo‘lmasa-chi? Yevropaliklar bu masalani ko‘tardi. Agar ruslar tayyor bo‘lmasa, unda biz AQSHdan bunga qattiq munosabat bildirishni istardik”, dedi Ukraina Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing