Zelenskiy NATOga a’zo bo‘lolmaganidan nolidi
Olam
−
10 aprel 2022
17341Agar Kiyev NATO a’zosi bo‘lganida, Rossiya Ukrainaga bostirib kirolmagan bo‘lardi. Bu haqda Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy so‘z ochdi.
“Agar biz NATOda bo‘lganimizda, bu urush bo‘lmas edi. Yoki boshqacha bo‘lardi. Bizda suyanish uchun yaqin qo‘shnilarning yelkasi bo‘lar edi. Biz birga kurasha olardik, urush ham bo‘lmas edi”, deydi u.
Zelenskiy G‘arbdagi hamkorlari tomonidan taqdim etilgan qurollarning ayrim turlari Ukrainaga juda kech yetib kelganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, u bir qator Yevropa yetakchilaridan "100 foiz qo‘llab-quvvatlash"ni ko‘rmoqda, boshqalari esa o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirgan.
Ukraina rahbari Rossiya bilan tinchlik muzokaralari haqida gapirar ekan, ukrainaliklar urushning tugashini va tinchlikka o‘z shartlariga ko‘ra erishishni xohlashini urg‘ulagan.
“Odamlar baribir tinchlikni qabul qiladilar, chunki ular urush tugashini xohlashadi. Bizning shartlarimizda, mustaqillik shartlarida, Ukraina shartlarida... Farzandlaridan ayrilganlar bor, menimcha, istalgan sharoitda yoki vaqtda erishilgan tinchlik ularni qanoatlantirmaydi. Chunki bu katta yara...
Agar biz his-tuyg‘ularsiz o‘ylaydigan bo‘lsak, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, har qanday urush tinchlik bilan yoki millionlab qurbonlar bilan yakunlanadi.
Ha, biz kurashishimiz kerak, biroq hayot uchun. Shuning uchun bu urushni to‘xtatish juda muhim”, deydi Ukraina rahbari.
LiveBarchasi