Zelenskiy muzokara shartlarini aytdi. Putin ko‘narmikan?

Olam

image

Kecha, 7 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva bilan muzokaralarga qanday sharoitlarda tayyor ekanini aytdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin:

  • Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilgan hududlarni qaytarish bilan Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash;
  • BMTga hurmat;
  • Barcha yo‘qotishlarni qoplash;
  • Har bir harbiy jinoyatchini jazolash;
  • Bu boshqa hech qachon takrorlanmasligining kafolati.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSH OAVlari Vashington Kiyevni muzokaralarga tayyorligini oshkora e’lon qilishga chaqirgani haqida xabar bergan edi.

Shundan so‘ng Ukraina Prezidenti devoni Kiyev Rossiya qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan keyin Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishga ruxsat bergani haqida xabar berdi.

Bundan tashqari, “La Repubblica” nashriga ko‘ra agar Kiyev strategik va diplomatik ahamiyatga ega bo‘lgan Xersonni qaytarib olsa, Qo‘shma Shtatlar va NATO Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari boshlanishiga ruxsat beradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

872

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing