Zelenskiy maxfiy boyliklari borligini tan oldi
Olam
−
18 Oktabr 2021
10707Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari etib saylanguncha uning offshor hisoblari bo‘lganini tan oldi. Bu haqda u ICTV telekanali efirida gapirib o‘tdi.
U Ukraina soliqchilaridan himoyalanish uchun ofshorlar kerak bo‘lganini ta’kidlagan. Zelenskiyga ko‘ra, Vikrot Yanukovich Prezidentligi davrida (2010 - 2014) hamma o‘z biznesini “tuzgan”.
“Soliqchilar har kuni bo‘lmasa, haftada bir oldimizga kelishgan. Shunday holatlar uchun kerak edi”, degan Zelenskiy.
U ofshorlardan pul yuvish uchun foydalanmaganini qo‘shimcha qilgan.
“Na men, na “Kvartal 95”ning boshqa a’zosi 2019, 2012 va 2001 yilda ham pul yuvish bilan shug‘ullanmagan”, degan Ukrania yetakchisi.
Zelenskiy, shuningdek, Xalqaro jurnalistlar konsorsiumi (ICIJ) tomonidan ofshorlar bo‘yicha oktyabr oyi boshida chiqarilgan surishtiruvning siyosatchiga aloqador qismida hech qanday yangilik ochilmaganini ta’kidladi.
Zelenskiyning tushuntirishicha, 2019 yilda uning ofshorlari haqidagi bir xil ma’lumotlar tadbirkor Pyotr Poroshenkoning telekanallarida namoyish etilgan. Prezidentning ta’kidlashicha, tergov uning ofshor kompaniyalari haqidagi yangi tafsilotlarni oshkor qilmagan.
Ma’lumot uchun, Pandora Papers – sizib chiqqan 12 millionga yaqin hujjat bo‘lib, ular dunyo rahbarlari, siyosatchilar va milliarderlarning maxfiy boyliklari hamda yashirin kelishuvlarini oshkor etadi.
AQSHda Tadqiqotchi jurnalistlar xalqaro konsorsiumi qo‘lga kiritgan ma’lumotlar eng yirik global tekshiruvlarga yetakladi.
Dunyoning 117 mamlakatidagi 600 nafardan ko‘proq jurnalist yer yuzidagi eng qudratli insonlarning yashirin boyliklari bilan tanisha olishdi.
Hujjatlarda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari etib saylanguncha biznes sherigi va do‘sti, keyinchalik Prezident yordamchisi bo‘lgan Sergey Shefirga o‘tkazgan ofshor kompaniyalarning ulushidan hali ham foyda ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Pandora hujjatlarida aytilishicha, sobiq sheriklar kompaniyalari shartnoma tuzgan, unga ko‘ra ofshor Zelenskiyning rafiqasiga tegishli kompaniyaga dividend to‘lashni davom ettirmoqda. Tergovchilarga ko‘ra, Zelenskiy va uning rafiqasi Maltex Multicapital Corp. ning to‘rtdan biriga egalik qilgan. 2019 yilgi saylovoldi kampaniyasi paytida Zelenskiy bu aksiyani Shefirga o‘tkazgan. Bundan tashqari, “Pandora arxivi”dan olingan hujjatlar “saylovlar davomida Zelenskiyga qo‘yilgan ofshor firibgarlik ayblovlarini qisman tasdiqlaydi”. Tergov, shuningdek Zelenskiyning sheriklari ofshor kompaniyalar yordamida 2014-2016 yillarda Londonda uchta kvartira sotib olganini da’vo qilmoqda. Qayd etilishicha, Shefir 3,8 million funt sterlingga (5,1 million dollar) ikkita kvartira, “Kvartal 95” kompaniyasining asoschisi Andrey Yakovlev esa 1,5 million funt sterlingga (2 million dollarga) yana kvartira sotib olgan.
LiveBarchasi