Zelenskiy Kiyevdan qochib ketishi mumkin – siyosatshunos
Olam
−
12:48 1795 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevni tark etib, mamlakatning g‘arbiy hududlariga qochib ketishi mumkin. Bu haqda britaniyalik siyosatshunos Aleksandr Merkuris “The Duran” YouTube-kanali efirida so‘z ochdi.
“Bu hozir real ehtimolga aylanmoqda”, degan Merkuris Zelenskiy va uning hukumati Kiyevdan chiqib ketishi mumkinligi haqidagi savolga javoban.
Siyosatshunosning bildirishicha, Ukraina poytaxtidagi hozirgi vaziyat hukumatning o‘z vazifalarini to‘liq bajarishiga imkon bermayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi transport tugunlari ham tobora zaiflashib bormoqda.
“Agar bu sodir bo‘lsa, Kiyev shunchaki huvillab qoladi. Menimcha, aholining katta qismi hukumat bilan birga shahardan chiqib ketadi”, degan Merkuris.
Bundan tashqari, Ukrainaning sobiq prezidenti matbuot kotibi Yuliya Mendel Kiyevni tark etayotgan shahar aholisi soni ortib borayotganini aytgan. Uning aytishicha, bunga xavfning kuchayishi va yashash sharoitlarining yomonlashuvi sabab bo‘lmoqda.
Mendelning so‘zlariga ko‘ra, mojaro uzoq vaqt davom etayotgan bo‘lsa-da, aholi hukumatdan “keng ko‘lamli piar” va o‘g‘rilikdan boshqa hech narsa olmayapti.
Shuningdek, u Ukrainada inqilob yuz berishi mumkinligini ham taxmin qilgan.
Avvalroq, Ukrainaning sobiq xalq deputati Zelenskiy mojaro yakunlanganidan keyin qayerga ketishi mumkinligi haqida gapirgan. Uning fikricha, Ukraina rahbari jangovar harakatlar tugagach, mamlakatni tark etib, Isroilga ketishi mumkin. Kilinkarov Isroilni Zelenskiy uchun eng maqbul variant deb hisoblaydi. U, shuningdek, Zelenskiyning safdoshi Timur Mindichning ham Isroilga ketganini misol qilib, Ukraina rahbarida Isroil pasporti borligiga shubha qilmasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon Shimoliy Koreya (KXDR) harbiy asirlarining topshirilishi haqida oshkora gapirgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qilgandi.