Zelenskiy “qora shahzoda” bilan uchrashdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistoniga yetib bordi va u yerda podshohlik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni xabar berdi.

Bildirilishicha, tomonlar Ukraina va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilib, avvalgi kelishuvlarni amalga oshirishning yaxshi dinamikasini qayd etishgan.

Shuningdek, “birinchi Global Tinchlik Sammitiga tayyorgarlik, uning kutilayotgan natijalari va ularni amalga oshirish ehtimoli, Ukraina uchun haqiqiy tinchlikka yondashuv” muhokama qilingan.

Yetakchilar xalqaro vaziyat va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashgan. Zelenskiyning aytishicha, Ukraina Saudiya Arabistonidan mamlakatda tinchlikni tezda tiklashda ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni Shveysariyada tashkil etilayotgan Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha konferensiyaga o‘z vakillarini yuborishni rejalashtirmayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Ukraina Vladimir Zelenskiy Muhammad bin Salmon Ol Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made