Zelenskiy Erdo‘g‘andan o‘rnak olib, BMTni “tuzladi”
Olam
−
26 mart 2022
17422Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar mamlakatlarga tinchlikni qaytarish uchun zarur ichki kuchga ega emas. Ukrainaga adolatsizlik qilayotgan Rossiya hamon xalqaro tashkilotlardagi imtiyozlaridan foydalanmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Dohadagi forumda so‘zlagan nutqida ta’kidladi.
Uning ta’kidlashicha, XX asrda dunyoda mutlaqo har bir davlat uchun adolatni kafolatlashi kerak bo‘lgan xalqaro tuzilmalarning butun tizimi yaratilgan.
“Biz BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar odamlarga kerakli qiymatni qaytarish, mamlakatlarga tinchlikni qaytarish uchun zarur ichki kuchga ega emasligini ko‘ryapmiz”, deya e’tiroz bildirgan Ukraina rahbari.
Zelenskiy mazkur tuzilmalarda ichki adolat ta’minlanmaganini, imtiyozlilarning ovozi hamon ko‘pchilikni bo‘g‘ayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu adolatdan emas.
“Rossiyaning Ukrainaga qarshi harakatlari asosi adolatsizlikdir. Shunga qaramay, mamlakat xalqaro tashkilotlarda o‘z imtiyozlaridan foydalanmoqda”, deydi Ukraina Prezidenti.
Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya xalqlarning teng huquqli tinch-totuv yashashi imkonsiz bo‘lgan davrlarga qaytishni istaydi.
“Rossiya rahbariyati bizning hududimizni olmoqchi. Mana 31 kundirki, Ukraina o‘zidan 28 barobar katta davlat bilan to‘qnash kelmoqda”, deydi u.
Ma’lumot uchun, Bu BMTning birinchi marta tanqid qilinishi emas. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 2018 yilda uni dunyo muammolarini hal qila olmaslikda ayblagan edi. O‘shanda Erdo‘g‘an xalqaro tashkilot zaiflashib ketgani, hamjamiyat falastinliklar huquq va erkinliklarining poymol qilinishi borasida ikkilik standartini qo‘llayotganini tanqid qilgan.
Doimiy ravishda BMT faoliyatini tanqid qilib keluvchi Prezident, 2021 yilda “Dunyo yanada adolatli bo‘lishi mumkin” nomli kitobni yozdi. Erdo‘g‘an kitobida BMTning qonuniylik, imkoniyatlar, samaradorlik, inklyuzivlik, vakillik va boshqaruv kabi muammolariga e’tibor qaratgan.
Turkiya rahbari o‘z ishida global siyosatdagi ikkilanishlarga, xususan, adolatsizlik, migratsion inqiroz, xalqaro terrorizm va islomofobiya muammosiga ishora qilib, BMT misolida dunyodagi kamsitish va ikki tomonlama standartlarni ochib beradi.
Erdo‘g‘an kitob orqali “bolalar o‘lgan va o‘ldirilgan dunyoda begunoh odamlar yo‘q” degan g‘oyani ilgari suradi. Qolaversa, Erdo‘g‘an zamonaviy jahon hamjamiyatiga eng zarur narsa adolat, deb hisoblaydi.
Shuningdek, u joriy yilning 11-13 mart kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tgan Antaliya diplomatik forumida yana bir bor BMTga murojaat qilib, Tashkilotni, xususan Xavfsizlik Kengashini isloh qilish vaqti kelib, allaqachon o‘tib ketganini, dunyo yangi urushlar bilan ovora bo‘lib, eskilarining oqibatalarini bartaraf etmayotgani, buning ortidan dunyoda qochqinlar soni 85 milliondan oshgani, ular safiga 3 million ukrainalik qo‘shilgani, O‘rta yer dengizi suvlari esa 25 ming qochqinning qabriga aylanganini alohida qayd etdi.
LiveBarchasi