Zelenskiy dronlar uchun 500 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflamoqchi 

Olam

image

Ukraina dronlarni sotib olish uchun kamida 20 milliard grivna (541 million dollardan ortiq) sarflaydi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining navbatdagi videomurojaatida ma’lum qildi. 

“Hukumatimiz shu haftada bir qancha muhim qarorlar qabul qildi. Xususan, dronlar ishlab chiqarishni kuchaytiradigan yechim topdi. Umuman olganda, bu yil askarlarimiz uchun dron sotib olishga kamida 20 mlrd grivna yo‘naltiriladi”, deydi Zelenskiy.

Uning aytishicha, Ukraina hukumati shu hafta boshida armiya dronlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni tezlashtirish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilgan. Rasmiylar bu ishlab chiqaruvchilarga tezroq rivojlanish, kengayish va xorijiy kompaniyalar bilan yaxshiroq raqobatlasha olish imkonini beradi, deb umid qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing