BMT Bosh kotibi Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashdi
Olam
−
28 aprel 2022
8889Bugun, 28 aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashdi. Bu haqda Zelenskiy Twitter'dagi sahifasida xabar berdi.
“Bugun men Kiyevda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdim. Ukrainaga xush kelibsiz! Sizning mamlakatimizga mana shu og‘ir damda kelganingiz juda muhim”, deb yozib qoldirdi Zelenskiy.
BMT Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy bilan Mariupoldan evakuatsiya masalasini qizg‘in muhokama qilingan.
“Biz Azovstaldan odamlarni evakuatsiya qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz”, dedi u.
Guterrish Mariupoldagi vaziyatni inqiroz ichidagi inqiroz deb atadi.
Shuningdek, BMT Bosh kotibi tashkilot Mariupoldan tinch aholini Rossiya va Ukraina bilan evakuatsiya qilishni tashkil etish ustida ishlayotganini aytdi.
Bundan tashqari, joriy yilning 26 aprel kuni Guterrish Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazdi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilindi.
LiveBarchasi