Zelenskiy “Azovstal”dagi harbiylarni kim orqali evakuatsiya qilayotganini sir saqlamoqda

Olam

image

Muriupolning “Azovstal” zavodida qamalda bo‘lgan ukrainalik harbiylarni evakuatsiya qilish davom etmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot chog‘ida ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, Zelenskiy Emmanuel Makron bilan Yevropa Ittifoqida tayyorlanayotgan oltinchi sanksiyalar paketi, Rossiya bilan muzokaralar jarayoni va ukrainalik harbiylarni “Azovstal”dan evakuatsiya qilish haqida suhbatlashgan. 

"Evakuatsiya missiyasi davom etmoqda va unga harbiylarimiz hamda razvedkachilarimiz rahbarlik qilmoqda. Eng nufuzli xalqaro vositachilar jalb qilingan", deydi Zelenskiy.

Shuningdek, Prezident Makron bilan Yevropaga integratsiyalashuv qadamlari va Ukrainaning ittifoq a’zoligiga nomzod maqomini olish bo‘yicha arizasini ko‘rib chiqish haqida suhbat o‘tkazgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 19 aprel kuni tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi (DXR) xalq militsiyasining harbiy guruhlari Mariupoldagi “Azovstal” zavodi hududiga hujum boshlagandi. 

Keyinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Azovstal”ga hujumni to‘xtatishni va uni qurshab olishni buyurgandi. Biroq shundan keyin ham zavodga hujumlar amalga oshirildi.

Joriy oy boshida esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Mariupol shahridagi “Azovstal” zavodidan Rossiya qo‘shinlari tomonidan bloklab qo‘yilgan 500 ga yaqin odam evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing