Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Zelenskiy AQSH-Ukraina muzokaralarida qatnashmaydi

Olam

image

Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy 11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va AQSH delegatsiyalari uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqda u bugun, 8 mart kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi. 

Ma’lum qilinishicha, Ukraina delegatsiyasi tarkibiga Prezident ofisi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va Mudofaa vaziri Rustam Umarov kiradi.

“Keyingi haftani Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishdan boshlayman. Ukraina diplomatik va harbiy vakillari seshanba kuni Amerika jamoasi bilan uchrashuvda qoladi. Ukraina jamoasi tarkibiga Andrey Yermak, Andrey Sibiga, Rustam Umarov va Pavel Palisa kiradi”, deb yozgan Zelenskiy.

Zelenskiy avvalroq Saudiya Arabistoniga tashrifini e’lon qilgan edi, u yerda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al Saud bilan muzokaralari rejalashtirilgan.

Amerika rahbarining maxsus elchisi Stiv Uitkoffning xabar berishicha, Kiyev va Vashington vakillari Saudiya Arabistonida Ukraina mojarosini hal qilish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazmoqchi. Kecha, 7 mart kuni AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Mayk Uols Vashington tomonidan uchrashuvda o‘zi va davlat kotibi Marko Rubio ishtirok etishini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni AQSH va Ukraina o‘rtasida kelasi hafta uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini olqishlagandi. Rasmiy Ar-Riyod Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni tugatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni davom ettirish niyatida ekanini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Zelenskiy AQSh-Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing