Zelenskiy ham aybsiz emas – Tramp
Olam
−
27 avgust 7548 3 daqiqa
Moskva Vladimir Zelenskiyning Ukraina Prezidenti sifatida legitim emasligi haqida gapirganda, “o‘zini shunday tutmoqda” qilmoqda; bunday so‘zlarni jiddiy qabul qilmaslik kerak. Bu haqda kecha, 26 avgust kuni Oq uyda hukumat yig‘ilishida jurnalistlar bilan suhbatda AQSH Prezidenti Donald Tramp aytdi.
Jurnalistlardan biri Moskva Zelenskiyning qonuniyligi haqidagi fikrini AQSH Prezidentiga bildirganmi, deb so‘radi. Jurnalist Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bir necha kun oldin aytgan so‘zlarini eslatib o‘tdi. Unga ko‘ra, Moskva ehtimoliy tinchlik bitimini Zelenskiy imzolashini qonuniy deb hisoblamaydi.
“Ular nima deyishlari muhim emas. Hammasi safsata. Hammasi o‘zini shunday tutmoqda. Hammasi bema’nilik, shundaymi? Hamma o‘zini shunday tutmoqda”, deya javob berdi Tramp.
U xonada bo‘lgan maxsus elchi Stiv Uitkoffdan bu haqda qanday fikrda ekanligini so‘radi.
“Men sizning fikringizga qo‘shilaman, ser”, deya javob qildi Uitkoff.
AQSH Prezidenti yana bir bor Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tezda tugatishni xohlashini aytdi, chunki u yerda har hafta “minglab odamlar” o‘lishda davom etmoqda. Tramp Moskvaga bosim o‘tkazishning mumkin bo‘lgan yo‘llari haqida bu “jahon urushi emas, balki iqtisodiy urush” bo‘lishi mumkinligini aytdi.
“Bu Rossiya uchun yomon bo‘lardi. Lekin men buni istamasdim”, deya qo‘shimcha qildi u.
Shundan so‘ng Tramp Ukraina Prezidentini tanqid qilishga o‘tdi.
“Zelenskiy ham mutlaqo begunoh emas. “Tango uchun ikki kishi kerak”, dedi Prezident.
Tramp darhol ukrainalik mavqedoshi bilan yaxshi munosabatda ekanini qo‘shimcha qildi, chunki Vashington Kiyevga qurol-yarog‘ni tekinga berishni to‘xtatdi.
“Ammo qotillikni to‘xtatish uchun urushni tugatish muhim. Har hafta minglab odamlar, asosan yoshlar halok bo‘lmoqda. Agar sanksiyalar qo‘llash yoki juda katta tariflarni qo‘llash orqali buning oldini olsam, bu Rossiya yoki Ukraina yoki u erda kim bo‘lishidan qat’i nazar, qimmatga tushadi... Lekin men ettita urushni to‘xtatdim, ulardan uchtasi so‘nggi 30 yil ichida davom etmoqda”, deb ta’kidladi Oq uy rahbari.
Alyaskada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv va Yevropa yetakchilarining Oq uyga tashrifidan so‘ng Tramp Oq uy Rossiya va Ukraina prezidentlarining shaxsiy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini aytdi. Biroq Moskva buni tasdiqlamadi va muzokaralar “darajasini oshirish”ga rozilik haqidagi bayonot bilan cheklandi.
Ko‘p o‘tmay, Kreml vakillari o‘z bayonotlari bilan Moskvaning Ukrainaga qo‘ygan ultimatum talablari o‘zgarmaganini ko‘rsatdi. Kreml Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvni o‘tkazishni to‘g‘ridan to‘g‘ri rad etmadi, biroq u yaqin kelajakda uchrashuv o‘tkazmoqchi emasligini aniq bildirdi.
Shu fonda Tramp 22 avgust kuni ikki hafta ichida Moskva va Kiyevning keyingi harakatlariga qarab Ukrainadagi urush bo‘yicha “juda muhim qaror” qabul qilishini aytdi. Biroq, AQSH Prezidenti ta’kidlaganidek, u mojaro taraflariga nisbatan sanksiyalar yoki tariflar qo‘yishi yoki “hech narsa qilmasligi” mumkin.
Live
Barchasi