“Zdravstvuyte”. Pashinyan va Aliyev o‘zaro qo‘l berib ko‘rishmadi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Rossiya poytaxti Moskva shahrida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Respublikasi Bosh Vaziri Nikol Pashinyan ishtirokida Tog‘li Qorabog‘ masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborli jihati, unda Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan o‘zaro qo‘l berib ko‘rishmadi. Ular muzokara stoliga o‘tirayotgan payt bir-biriga rus tilida “zdravstvuyte” deyish bilangina cheklangan. 

Kremlga ko‘ra, kun tartibiga 2020 yil 9 noyabrdagi Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya rahbarlarining Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi Bayonotini amalga oshirish borasidagi ishlar, mintaqadagi muammolarni hal qilish bo‘yicha keyingi qadamlar, harbiy operatsiyalardan zarar ko‘rgan hududlar aholisiga yordam berish, shuningdek, savdo-sotiqni blokdan chiqarish va rivojlantirish hamda iqtisodiy va transport aloqalari kiritilgan.

“Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda. U yerdagi vaziyat esa, tinchligicha qolmoqda, 48 ming qochqin allaqachon mintaqaga qaytib kelgan”, deydi Putin so‘zi boshida.

Putinning ta’kidlashicha, Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning maxsus uch tomonlama guruhi Qorabog‘dagi savdo-iqtisodiy aloqalarni blokirovka qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing